Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
“ADOLAT” MAHALLASIDA “YASHIL BOG‘” BARPO ETISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentabrdagi 529-son qarori, mutaxassislarning ilmiy xulosalari va tavsiyalari asosida Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashining tegishli qarori qabul qilingan.

Qarorga muvofiq, “Adolat” mahallasidagi 2 500 kvadrat metr yer maydonida yashil hudud tashkil etish, mavjud daraxtlarni asrab-avaylash, ularni sug‘orish va muntazam parvarish qilish vazifalari belgilangan.

Qaror ijrosi Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Natalya Voropayeva hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida olib borilib, hududda ekologik muhitni yaxshilash, yashil maydonlarni ko‘paytirish, aholi uchun qulay dam olish maskani yaratish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur ishlar “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi qonunlarda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

✅ “Adolat” mahallasida “Yashil bog‘"ni tashkil etish va uni asrab-avaylash ishlari deputatlik nazoratida davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5