Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xazratova tumandagi Davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bugungi kunda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, yaratilgan qulayliklar hamda xizmat ko‘rsatish sifati bilan tanishdi.

Tashrif davomida deputat tomonidan markazda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining tezkorligi va sifati, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda aholiga yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, Davlat xizmatlari markazida nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va aholining boshqa toifalari uchun yaratilgan qulayliklar, kutish zallari, elektron navbat tizimi va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan maslahat xizmatlari bilan yaqindan tanishildi.

Deputat X.Xazratova tomonidan markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Ta’kidlash joizki, davlat xizmatlarini aholiga sifatli, tezkor va shaffof tarzda ko‘rsatish, fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaratish davlat organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 3