Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
🏥 MEDICINALIQ JÁRDEM SAPASÍ QANDAY? DEPUTATLAR ORNÍNDA ÚYRENBEKTE
янв.21
📌 “IJTIMOIY SOHA, YOSHLAR SIYOSATI, MADANIYAT VA SPORT MASALALARI BO‘YICHA” DOIMIY KOMISSIYA NIMA ISH QILADI? 🏛 AVVALO, DOIMIY KOMISSIYA NIMA?
янв.21
#deputat #qaraqalpaqstan_hawazı #gazeta
янв.21
📌 “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi nima ish qiladi?
янв.21
"Agrar, suw xojalıǵı hám ekologiya máseleleri boyınsha" turaqlı komissiyası úyreniw jumısların alıp barmaqta.
TARAQQIYOT MAHALLASIDA YETTILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI

TARAQQIYOT MAHALLASIDA YETTILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI

Хalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri J. Hamroyev hamda xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari J. Hafizov Navoiy shahridagi Taraqqiyot mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandilar.

Tashrif davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda mahallada osoyishtalikni saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mahalla raisi va yettilik a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, mahallada olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi. Mahalladagi "mahalla yettiligi" hamkorligining samaradorligi, idoralararo hamjihatlik va murojaatlar bilan ishlash tizimiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglandi. Bildirilgan masalalarni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tashrif yakunida mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, shuningdek, davlat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4