Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
#kotibiyat_faoliyati


Xalq deputatlari Olmaliq shahri Kengashi hamda Nurafshon shahri Kengashi kotibiyat mudirlari va mutaxassislari Piskent tuman Kengashiga tajriba almashish maqsadida tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif doirasida Piskent tuman Kengashida yo‘lga qo‘yilgan ish yuritish tizimi, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash mexanizmlari hamda mahalliy Kengash faoliyatini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar kotibiyat faoliyatini takomillashtirish, hujjatlar aylanishini optimallashtirish, doimiy komissiyalar ishini samarali tashkil etish hamda deputatlar va saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni kuchaytirish yuzasidan o‘zaro tajriba almashdilar.

Amaliy mashg‘ulotlar va muhokamalar jarayonida har bir hududda qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuvlar tahlil qilinib, kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tashrif yakunida mehmonlar Piskent tuman Kengashida yaratilgan sharoitlar va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli yondashuvlarni ijobiy baholab, bunday tajriba almashuvlari mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Slide 1 of 5