Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
DEPUTAT NAZORATI

Sardoba tumanida pillachilikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, Navruz mahallasida fermer xo‘jaliklari tomonidan pilla parvarishlash ishlari uyushqoqlik va mas’uliyat bilan olib borilmoqda. Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S.Abduvaliyeva ushbu jarayonlar bilan yaqindan tanishib, pilla yetishtirishdagi sharoitlar, parvarish ishlari hamda fermerlar faoliyatini o‘rgandi. Suhbatlar davomida soha vakillari tomonidan pillachilikni yana-da rivojlantirish, mahsuldorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Qayd etilganidek, pillachilik nafaqat qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i, balki aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda ham katta ahamiyatga ega. Shu bois, bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash, fermerlarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday ezgu sa’y-harakatlar hududda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, qishloq aholisining farovonligini oshirish hamda milliy ipakchilik an’analarini yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2