Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
✨ “Jaslarǵa jańa imkaniyat – reformalar ortasında jańa dáwir baslanbaqta” 🌍🚀
янв.21
Deputat máhallede.
MINOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida mahallada buzilgan yo‘llarni qayta ta’mirlash jarayonida ayrim ishlar yetarli darajada sifatli bajarilmagani hamda bu holat aholining e’tirozlariga sabab bo‘layotgani ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, hududdagi infratuzilma holati, yo‘l ta’mirlash ishlarining sifati, fuqarolar murojaatlari hamda mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ushbu jarayon “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq olib borildi.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘l ta’mirlash ishlarini sifatli yakunlash hamda fuqarolarning haqli e’tirozlarini qonuniy tartibda ko‘rib chiqish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Minor mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ta’mirlash ishlarining sifatini ta’minlash va aholi murojaatlarini joyida o‘rganish bo‘yicha deputatlik faoliyati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3