Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
✨ “Jaslarǵa jańa imkaniyat – reformalar ortasında jańa dáwir baslanbaqta” 🌍🚀
янв.21
Deputat máhallede.
KATTA HASANBOY MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

Mazkur o‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida yashovchi fuqarolarning oilaviy kelishmovchilik bilan bog‘liq murojaati ko‘rib chiqildi. Oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish, o‘zaro hurmat va qonuniy tartibga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, mahallaning boshqa hududida qo‘shnilar o‘rtasida yuzaga kelgan notinchlik holati bo‘yicha murojaat ham o‘rganildi. Murojaatga aloqador fuqarolar mahalla mas’ullari ishtirokida suhbatga chaqirilib, jamoat tartibini saqlash, qo‘shnichilik munosabatlarida o‘zaro hurmatga amal qilish hamda nizoli holatlarning oldini olish yuzasidan ogohlantirish berildi.

Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mahalla faollari va mas’ul xodimlar bilan hamkorlikda tegishli choralar belgilab olindi.

✅ Katta Hasanboy mahallasida fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va mahalla osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2