Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
Chilonzor tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar rejasi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan zamonaviy turar joy kompleksini qurish masalasi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman kengashi deputati Nazirov Madamin Ma'rufjon o'g'li hamda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov tomonidan Chilonzor tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar rejasi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan zamonaviy turar joy kompleksini qurish masalasi o‘rganildi.

Jumladan, 2-Charx Kamolon mahallasi hududida joylashgan eski ikki qavatli uy-joylarning texnik holati, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda hudud infratuzilmasining bugungi holati atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Shuningdek, hududda aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan, barcha qulayliklarni o‘z ichiga olgan yangi turar joy majmuasini barpo etish bo‘yicha amaliy ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Mas’ullar tomonidan qurilish ishlarini bosqichma-bosqich tashkil etish, aholi manfaatlarini inobatga olgan holda loyihani sifatli amalga oshirish hamda hududning obodonchiligini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6