Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
✨ “Jaslarǵa jańa imkaniyat – reformalar ortasında jańa dáwir baslanbaqta” 🌍🚀
янв.21
Deputat máhallede.
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi

Kengash qarori ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tumandagi “Rabotak” mahallasida bo‘lib, tuman Kengashining 2026-yil 12-iyundagi qarori asosida tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi namunali ko‘cha uchun beton ariq (lotok)lar o'rnatilishi, shuningdek, ko‘chadan oqova va yomg‘ir suvlarini chiqarish maqsadida polietilen yoki metall quvurlar yotqizish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan loyiha va smeta hujjatlariga muvofiqligi hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida mas’ul mutaxassislar tomonidan bajarilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. O‘rganish yakunida ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, mablag‘lardan oqilona foydalanish hamda aholi uchun qulay infratuzilma yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4