Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
✨ “Jaslarǵa jańa imkaniyat – reformalar ortasında jańa dáwir baslanbaqta” 🌍🚀
янв.21
Deputat máhallede.
Xotin-qizlarni ijtimoiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan qabul o‘tkazildi

Xotin-qizlarni ijtimoiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining huquqiy xizmat ko‘rsatish markazi mutaxassisi X.Norpo‘latov bilan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i O.Haydarqulova va tuman Adliya bo‘limi mas’ullari ishtirokida xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlarni ijtimoiy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy yordam, oilaviy munosabatlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, aliment, uy-joy va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. “Madad” NNT mutaxassisi va adliya organlari vakillari tomonidan murojaatchilarga huquqiy maslahatlar berilib, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi.

Deputat Q.Igamberdiyeva tomonidan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini topish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Bunday hamkorlikdagi qabullar aholiga yaqinlashish, fuqarolar muammolarini joyida o‘rganish hamda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#Kengash_va_Madad_NNT_hamkorligi

Slide 1 of 3