Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
✨ “Jaslarǵa jańa imkaniyat – reformalar ortasında jańa dáwir baslanbaqta” 🌍🚀
янв.21
Deputat máhallede.
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Xotam Saydaxmedov tomonidan Chirchiq shahrining “Chinor” mahallasida joylashgan ichki ko‘cha yo‘llarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

#deputat_faoliyati #ichki_yo`l

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Xotam Saydaxmedov tomonidan Chirchiq shahrining “Chinor” mahallasida joylashgan ichki ko‘cha yo‘llarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning bugungi holati, aholi harakati uchun yaratilgan sharoitlar, yo‘l qoplamalarining sifati hamda mavjud muammolar tahlil qilindi.

Xususan, ayrim ko‘chalarda yo‘l qoplamasining eskirgani, ta’mirtalab uchastkalar mavjudligi va yomg‘irli mavsumda fuqarolar harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muhokamalar olib borildi.

Deputat tomonidan mahalla aholisining murojaat va takliflari tinglanib, ichki yo‘llarni ta’mirlash, infratuzilmani yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik nazorati tartibida so‘rovlar kiritilishi belgilandi.
Mazkur o‘rganish natijasida aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalasi deputat nazoratiga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook

Slide 1 of 4