Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
#ish reja ijrosi #komissiyalar faoliyati

#ish reja ijrosi
#komissiyalar faoliyati

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Angor tumani komissiyasining 2026 yilgi ish rejasiga muvofiq, komissiya a’zolari tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Angor tumani filialida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tayyorlangan savolnoma asosida tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholi murojaatlari bilan ishlash, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek raqamlashtirish va ichki nazorat mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilindi.
Xususan, filialda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, xodimlar faoliyati ustidan ichki nazorat tizimi, aholi uchun murojaat qilish imkoniyatlari hamda davlat xizmatlarining elektron shaklda ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

Shu bilan birga, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot va profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi, xizmat odobi va etika qoidalariga rioya qilinishi, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Angor tumani filialida xodimlariga aholiga kadastr xizmatlarini ko‘rsatilishida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettirib boriladi.

Slide 1 of 1