Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
✨ “Jaslarǵa jańa imkaniyat – reformalar ortasında jańa dáwir baslanbaqta” 🌍🚀
янв.21
Deputat máhallede.
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Muboraka Hosilova Samarqand davlat universiteti huzuridagi Ilmiy-amaliy davlat muzey laboratoriyasida bo‘ldi.

Muzey laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan universitetning tashkil topish tarixi, turli davrlarda faoliyat yuritgan rahbarlar, professor-o‘qituvchilar hamda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, universitetda faoliyat olib borgan taniqli akademiklar, professorlar va ustozlarning ilmiy merosi, ularning respublika va xalqaro miqyosdagi yutuqlari yuzasidan fikr almashildi.

Muzey fondida saqlanayotgan tarixiy hujjatlar, qo‘lyozmalar, fotosuratlar hamda universitet hayotiga oid eksponatlar deputatda katta taassurot qoldirdi.

Uchrashuv davomida yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, tarixiy merosni asrab-avaylash, buyuk allomalar va ustozlarning ilmiy faoliyatini keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat ilm-fan va ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilar hamda muzey laboratoriyasi jamoasining faoliyatini yuqori baholab, kelgusida ham bu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

🇺🇿 Tarixni bilgan avlodning kelajagi porloq bo‘ladi. Ajdodlar merosini o‘rganish va uni yoshlar ongiga singdirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Slide 1 of 3