Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
✨ “Jaslarǵa jańa imkaniyat – reformalar ortasında jańa dáwir baslanbaqta” 🌍🚀
янв.21
Deputat máhallede.
Fuqarolar murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati N.Mahkamov tomonidan “Qushchi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan kadastr bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Jumladan, ayrim xonadonlarda yer va mulk hujjatlarini rasmiylashtirish uchun hokim qarorlari mavjud emasligi, ko‘plab fuqarolarga mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha to‘lov xabarnomalari yetib kelmayotganligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Shuningdek, mahalla aholisi tomonidan “Qushchi” MFY hududida kadastr xatlov ishlarini 2027-yilda o‘tkazish masalasi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat kiritish taklifi ilgari surildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar deputat N.Mahkamovning hududdagi muammolarni qayd etish daftariga ro‘yxatga olinib, atroflicha o‘rganildi.

Ularning ijobiy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi hamda masalalar deputatlik nazoratiga olindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1