Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O'rganishlar davom etmoqda

Mahalla aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar natijadorligini o‘rganish maqsadida xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyat mudiri Laziz Turanov o‘z hududi - “21-Oq oltin” saylov okrugi hududida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish jarayonida Uchko‘prik MFY hududida joylashgan 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida qurilish-montaj ishlari sifati, obyektning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi hamda yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yosh avlod uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish, hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi

Slide 1 of 4