Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
✨ “Jaslarǵa jańa imkaniyat – reformalar ortasında jańa dáwir baslanbaqta” 🌍🚀
янв.21
Deputat máhallede.
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi faoliyatini o‘rganish maqsadida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

🔺O‘rganish jarayonida muassasaning aholi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarini suv bilan ta’minlash, sug‘orish tarmoqlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, muassasa balansidagi kanallar, ariqlar va gidrotexnik inshootlarning texnik holati aniqlashtirildi, suv taqsimoti jarayonida raqamli hisobga olish vositalaridan foydalanish, suv sarfi hisobotlarini yuritish va suvdan oqilona foydalanishni ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglandi.

🔺Tahlillar davomida sug‘orish tarmoqlarini o‘z vaqtida tozalash, ayrim gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash, suv yo‘qotilishining oldini olish hamda suv iste’molchilari bilan tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish madaniyatini oshirish va suvni hisobga olish tizimlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2