Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Rayonlıq Keńes sessiyası qararlarınıń orınlanıwı boyınsha úyrenildi.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
Deputat máhállede.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasiga muvofiq amalga oshirilayotgan “Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati A.Bo‘tayev “Sog‘lom oila - mustahkam kelajak” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.

Tadbir davomida oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, farzandlar tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyati, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yoshlarni vatanparvarlik va milliy an’analar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar bilan mavzu yuzasidan fikr almashilib, sog‘lom va mustahkam oilaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, deputat hududdagi kutubxona faoliyati bilan ham tanishdi. Tashrif davomida kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish va kitobxonlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 10