Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#sessiya #deputatlar Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń VII shaqırıq 21-sessiyasında áhmiyetli máseleler dodalandı
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
📢 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA MUHIM O‘ZGARISHLAR
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Online Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń  VII shaqırıq 21-sessiyası baslandı.
янв.21
Қутлықлаў
янв.21
#háptelik #isreje
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
#doimiy_komissiya 🏆 “DXX kubogi” va “Besh tashabbus olimpiadasi” g‘oliblarini taqdirlash uchun mablag‘ ajratish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi

2026-yil 11-iyun kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda sport musobaqalari g‘oliblarini rag‘batlantirish bilan bog‘liq masala muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli Farmoni asosida “DXX kubogi” va “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan sport musobaqalari sovrindorlarini munosib taqdirlash uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida futbol, mini futbol va shaxmat sport turlari bo‘yicha “DXX kubogi”ning tuman bosqichi g‘oliblari hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalari sovrindorlarini rag‘batlantirish maqsadida 304 million 305 ming so‘m mablag‘ni tuman “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan ajratish yuzasidan taqdim etilgan taklif va hisob-kitoblar muhokama qilindi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport musobaqalari g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish hamda yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

📍 Yakunda mazkur mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1