Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Haqqoniy baho: "Turon" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati uyma-uy yurib o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov shahardagi “Turon” mahallasida bo‘lib, mahalladagi ijtimoiy xodimning ish faoliyati va samaradorligini o‘rgandilar.

💬 Deputatlar ijtimoiy xodim faoliyatiga qog‘ozdagi hisobotlar emas, balki real natijalar asosida baho berish maqsadida uyma-uy (xonadonma-xonadon) yurib, fuqarolar bilan samimiy suhbatlashdilar.

💬 O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
▶️Ijtimoiy xodimning mahalla ahlidan, ayniqsa, ko‘makka muhtoj, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslardan xabar olish;
▶️Ko‘rsatilayotgan ijtimoiy-psixologik va maishiy xizmatlarning sifati;
▶️Fuqarolarning ijtimoiy xodim xizmatlaridan qanchalik mamnun ekanligi.

🔅Uchrashuvlarda fuqarolar o‘z xonadonlariga biriktirilgan ijtimoiy xodimning ishi, uning muomalasi va ko‘rsatayotgan yordami yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.

💬Deputatlar aholi tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida ijtimoiy xodim faoliyatini yanada takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdilar.

Slide 1 of 2