Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Múrájatlar úyreniwde
янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#deputat #deputatsoraw Deputat sorawı nátiyje bermekte.
янв.21
#detutatiskerligi #qararlarorinlaniwi Qarardıń orınlanıwı ámelde.
янв.21
Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesinde ótken hápte jumısları analızlendi hám  baslanıp atırǵan háptedegi wazıypalar belgilendi.
янв.21
#háptelik #isreje Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesi tárepinen 2026-jıl 18-22-may kúnleri aralıǵında aymaqlarda tómendegi is-ilájlar rejelestirilgen:
янв.21
#DAYJEST
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
Hududlarda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish ishlari doirasida Marg‘ilon shahridagi Bahrin MFY Shakarjonov va Oʻrda tagi MFY Taron bozor ko‘chalarini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi.

O‘rganishda hudud deputati M.Raimdjanov va deputat A.Mahkamov hamda mahalla raisi ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida ko‘chaning qatnov qismida nosozliklar mavjudligi, ayniqsa yog‘ingarchilik mavsumida yo‘l yaroqsiz holga kelib, aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi. Bu holat fuqarolar murojaatlarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori mazmun-mohiyati o‘rganilib, unda ichki yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlari mahalliy budjet mablag‘lari asosida amalga oshirilishi, manzilli ro‘yxatlar shakllantirilishi hamda avariya holatlarida qo‘shimcha obyektlarni dasturga kiritish tartiblari belgilab qo‘yilgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida Kanal bo‘yi ko‘chasini asfaltlashtirish masalasini hal etish yuzasidan shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi. So‘rovda hududdagi mavjud muammolar, fuqarolar murojaatlari va yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar aks ettiriladi.

Slide 1 of 6