Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#deputat #deputatsoraw Deputat sorawı nátiyje bermekte.
янв.21
#detutatiskerligi #qararlarorinlaniwi Qarardıń orınlanıwı ámelde.
янв.21
Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesinde ótken hápte jumısları analızlendi hám  baslanıp atırǵan háptedegi wazıypalar belgilendi.
янв.21
#háptelik #isreje Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesi tárepinen 2026-jıl 18-22-may kúnleri aralıǵında aymaqlarda tómendegi is-ilájlar rejelestirilgen:
янв.21
#DAYJEST
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#detutatiskerligi #qararlarorinlaniwi Jańa jollar qurılmaqta.
SPORT INSHOOTLARI VA MAKTAB SPORT ZALLARI HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA

Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida mavjud sport inshootlari, umumta’lim maktablarining
sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va texnik holati atroflicha o‘rganilmoqda. Jumladan, sport zallarining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, sanitariya holati, xavfsizlik talablari, shuningdek
sport inventarlarining yetarliligi va ulardan foydalanish samaradorligi tahlil qilinmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sport infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna o‘zi saylangan hudud — “Gulbog‘” mahallasidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida maktab sport zalining bugungi holati, mavjud sport anjomlari, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida maktabdagi sport jihozlari va anjomlaridan samarali foydalanilayotgani, sport mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotgani aniqlandi.Shuningdek, tashrif davomida pedagog-o‘qituvchilar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar hamda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. Mazkur o‘rganishlar kelgusida yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sog‘lom avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 4