Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 9-Darband saylov okrugidan saylangan deputat Ramazonov Muzaffar Xolmirzayevichning tashabbusi bilan “Darband” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga kirish qismida joylashgan, piyodalar hamda avtotransport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan zovur ustidagi ko‘prikning yon tomonlariga hashar yo‘li bilan himoya to‘siqlari o‘rnatildi.
Mazkur xayrli tashabbus mahalla faollari, homiylar va fuqarolarning hamjihatligida amalga oshirilib, aholi xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlar va keksalarning harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qildi.
Hududda amalga oshirilayotgan bunday obodonlashtirish ishlari mahallaning infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun munosib sharoit yaratish hamda aholi o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.