Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning ish faoliyati, erishayotgan natijalari hamda mavjud muammolari tinglandi.
⚡️Ayniqsa, elektr ta’minotidagi uzilishlar, moliyaviy resurslardan foydalanishdagi qiyinchiliklar, yer va bino masalalari, shuningdek, hujjatlashtirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar tadbirkorlar tomonidan ko‘tarildi.
📈Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar va takliflar atroflicha o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
Hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish yo‘lida bunday o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.