Deputat va mahalla yettiligi hamkorligi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan 11-Sariq saylov okrugi deputati Ch. Alimov hududidagi “Yangi turmush” mahallasida bo‘lib, mahalla faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mahalla raisi bilan o‘tkazilgan suhbat davomida aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Bu kabi o‘rganishlar hududlarda muammolarni aniqlash va ularni tizimli hal etishga xizmat qiladi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#A_Mamarajabov