Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
✨ “Jaslarǵa jańa imkaniyat – reformalar ortasında jańa dáwir baslanbaqta” 🌍🚀
янв.21
Deputat máhallede.
#deputat_nazorati

Tasdiqlangan ish reja asosida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 1-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norovlar hamkorligida Zarafshon mahallasi hududida joylashgan madaniyat muassasasi faoliyatini joyiga chiqib o‘rgandilar.

✔️O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, binolarning holati, mavjud to‘garaklar faoliyati hamda aholi, ayniqsa yoshlarni madaniy hayotga jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, muassasada tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

✔️O‘rganish davomida tomshalar zalining ta’mirlash, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash, to‘garaklar soni va sifatini oshirish zarurligi qayd etildi. Mutasaddilarga mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✔️Shu bilan birga, madaniyat muassasasining aholi ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Kelgusida ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan aniq rejalar belgilab olindi.

✔️Mazkur o‘rganish ishlari mahallada madaniy muhitni yanada rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 5