Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenov Guliston mahallasida bo‘lib, tadbirkor A.Ernazarovning murojaatini o‘rgandilar.
Ular nizoli masalaga aylangan tuman tibbiyot birlashmasi hududida joylashgan salqin ichimliklar do‘koni holatini joyiga chiqib ko‘zdan kechirdilar hamda tibbiyot birlashmasi rahbariyatidan tegishli ma’lumotlar oldilar.
Fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini qonuniy tartibda tashkil etish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.