Yangiliklar

#_Deputat_faoliyati Kitob — bilim manbai: maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

#_Deputat_faoliyati

Kitob — bilim manbai: maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi

️Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, tuman Kengashi deputati N.Xamdamova, xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi N.Chorshanbiyeva hamda tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari D.Sattorovlar 36-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

     kutubxonaning kitob fondi va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi;

     o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarda mutolaa qilishlari uchun yaratilgan sharoitlar;

     kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar.

️ Tashrif yakunida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish va o‘quvchilarni kitobxonlikka yanada kengroq jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3