Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#deputat #deputatsoraw Deputat sorawı nátiyje bermekte.
янв.21
#detutatiskerligi #qararlarorinlaniwi Qarardıń orınlanıwı ámelde.
янв.21
Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesinde ótken hápte jumısları analızlendi hám  baslanıp atırǵan háptedegi wazıypalar belgilendi.
янв.21
#háptelik #isreje Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesi tárepinen 2026-jıl 18-22-may kúnleri aralıǵında aymaqlarda tómendegi is-ilájlar rejelestirilgen:
янв.21
#DAYJEST
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#detutatiskerligi #qararlarorinlaniwi Jańa jollar qurılmaqta.
Parklar holati deputat nazoratida .

Hududlarda aholi dam olish maskanlari hisoblangan parklar holati doimiy ravishda 18- Hazortut saylov okrugi deputat M.Jumayeva e’tiborida bo’lib kelmoqda. Jumladan, mahalliy kengash deputati tomonidan parklardagi obodonlashtirish ishlari, ko’kalamzorlashtirish darajasi, atrof-muhit tozaligi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o’rganildi.

O’rganishlar davomida park hududidagi o’rindiqlar, yoritish tizimi, bolalar maydonchalari va sayr yo’laklarining holati ko’zdan kechirildi. Shuningdek, hududda tozalikni ta’minlash, chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqish hamda yashil hududlarni saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi va ularni bartaraf etish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi. Parklar nafaqat aholining dam olish joyi, balki sog’lom turmush tarzini targ’ib etuvchi muhim maskan sifatida e’tibor markazida qolmoqda.

Bu kabi o’rganishlar orqali hududlardagi ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish, aholiga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1