Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#deputat #deputatsoraw Deputat sorawı nátiyje bermekte.
янв.21
#detutatiskerligi #qararlarorinlaniwi Qarardıń orınlanıwı ámelde.
янв.21
Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesinde ótken hápte jumısları analızlendi hám  baslanıp atırǵan háptedegi wazıypalar belgilendi.
янв.21
#háptelik #isreje Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesi tárepinen 2026-jıl 18-22-may kúnleri aralıǵında aymaqlarda tómendegi is-ilájlar rejelestirilgen:
янв.21
#DAYJEST
янв.21
Deputat máhallede.
янв.21
#Deputat #deputatmáhallede Deputat máhallede.
янв.21
#detutatiskerligi #qararlarorinlaniwi Jańa jollar qurılmaqta.
Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash ishlari deputat nazoratida.

Hazortut mahallasida  xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda daromad manbaini yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Bu borada ayniqsa tikuvchilik yo’nalishida amalga oshirilayotgan tashabbuslar alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Romitan tuman mahalliy Kengash deputatlari M.Atoyeva, M.Jumatevalar  hamda huquqiy maslahat byurosi M.Fatullayev  ishtirokida o’tkazilgan o’rganish jarayonida Hazortut mahallada ayollarni tikuvchilikka jalb etish, ularni kasb-hunarga o’rgatish va amaliy ko’nikmalarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi. Xususan, tikuv mashinalari bilan ta’minlash, o’quv kurslarini tashkil etish hamda tayyor mahsulotlarni bozorga chiqarishga ko’maklashish orqali xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirishga erishilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, uy sharoitida mehnat qilayotgan ayollar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning bandligini rasmiylashtirish va daromadlarini barqarorlashtirish bo’yicha ham amaliy ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi. Bu esa nafaqat oilalar farovonligini oshirishga, balki mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Deputat tomonidan ushbu yo’nalishdagi ishlarni yanada kengaytirish, ko’proq xotin-qizlarni qamrab olish va ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko’rsatmalar berildi. Xotin-qizlarning mehnatga jalb etilishi va ularni qo’llab-quvvatlash bundan buyon ham ustuvor vazifalardan biri bo’lib qolishi ta’kidlandi.
 

Slide 1 of 1