Yangiliklar

Kengash_faoliyati

Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan joylarda aholi muammolarini o‘rganish va "mahalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishish ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

✅Xalq bilan muloqot qilish, aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularga yechim topish xalq vakillarining asosiy vazifasidir.

✅Tasdiqlangan grafik asosida 19-“Quduqsoy” saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati G.Xolmatova hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Qurbonov ishtirokida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish davomida:

✅Mahalladagi infratuzilma holati;

✅Aholi murojaatlari va ijtimoiy masalalar;

✅Belgilangan dasturlarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

✅Uchrashuv yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 6