O‘rganish jarayonida tibbiyot muassasasining aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari sifati, mavjud sharoitlar, sanitariya holati, ekologik talablarning bajarilishi hamda bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati alohida e’tiborga olindi. Shuningdek, muassasada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Fuqarolarning salomatligini mustahkamlash, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash va ekologik muhitni yaxshilash yo‘lidagi bunday o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.