Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
✨ “Jaslarǵa jańa imkaniyat – reformalar ortasında jańa dáwir baslanbaqta” 🌍🚀
янв.21
Deputat máhallede.
📌 Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi

📌 Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi

📄 Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 5-Toʻquvchilar saylov okrugi deputati Xusainov Abdixalik Nabiyevichga quyidagi muhim qonunlar biriktirildi:

- Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” 2024-yil 5-iyundagi OʻRQ-931-son Qonuni;

- Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida” 2023-yil 16-iyundagi OʻRQ-848-son Qonuni.

📃 Mazkur eng muhim qonunlarning mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlanishidan asosiy maqsad — Kengash faoliyati samaradorligini yanada mustahkamlash, qonunchilik normalarini mukammal o‘rganish hamda ularni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llashni taʼminlashdan iborat.

📊 Shuningdek, ushbu deputatga Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Adashboyev Aziz Ag‘zam o‘g‘li mas’ul etib biriktirildi. Bu kabi tizimli yondashuv deputatlarning huquqiy bilimlarini oshirish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda qonun ustuvorligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.