Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
Сайлаўшылардың мүрǝǝжетлери тыӊланып өз шешимин таппақта.
янв.21
Сайлаўшылардың машқалалары унамлы шешим тапты
янв.21
МҮНӘСИБЕТ: ПРАГМАТИКАЛЫҚ СИЯСАТ ҲӘМ ЭКОНОМИКАЛЫҚ АШЫҚЛЫҚ - ТУРАҚЛЫ РАЎАЖЛАНЫЎДЫҢ КЕПИЛИ.
янв.21
Awıllarǵa jańa jollar tartılmaqta.
янв.21
«Nuranıy» qorı menen birge islesiw dawam etpekte.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Nızamınıń orınlanıwı deputatlar qadaǵalawında.
янв.21
✨ “Jaslarǵa jańa imkaniyat – reformalar ortasında jańa dáwir baslanbaqta” 🌍🚀
янв.21
Deputat máhallede.
📌 Qonun ijrosi doirasida yoshlar bilan samarali muloqot

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 2-Yuksalish saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi Sh. Sharipov hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A. Kamolov tomonidan 12-umumta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan batafsil javoblar oldilar. Ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini o‘rganish hamda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2