Yangiliklar

Deputat mahallalarda o‘rganishlar olib bormoqda

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati G.Xusanova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Muqimovlar tomonidan tumandagi Sharq yulduzi mahallasida xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan amaliy o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, huquqiy madaniyatini oshirish hamda oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla xotin-qizlar faollari faoliyatida mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2