Yangiliklar

Kengash raisi tomonidan aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-oktyabrda qabul qilingan “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi O‘RQ-574-sonli Qonuni yuzasidan joylarda keng targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur Qonunning asosiy maqsadi — go‘daklar va kichik yoshdagi bolalarning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishini taʼminlash, ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Deputat Z.Suyarova tomonidan aholi, ayniqsa yosh onalar o‘rtasida qonun mazmun-mohiyati tushuntirilib, ona sutining bola salomatligi uchun ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, ushbu Qonun go‘daklar o‘rtasida kasallanish va o‘lim holatlarini kamaytirish, ularni sifatli oziq-ovqat bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3