O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi Farmoni bilan aholini ijtimoiy himoya qilishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining roli sezilarli darajada oshirildi.
📌 Kengashlar zimmasidagi asosiy vazifalar:
Yangi jamg‘arma nazorati: Tuman (shahar) hokimliklari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi tashkil etildi.
Mablag‘larni taqsimlash: Ushbu jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish aynan Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlari asosida amalga oshiriladi.
✨ Endilikda mahalliy muammolarni hal etishda deputatlik nazorati va Kengash qarorlari asosiy mezon bo‘ladi.
✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati