Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Beshbola mahallasida dolzarb masalalar muhokamasi: gaz ta’minoti va ijtimoiy yordam e’tibor markazida

    Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev Beshbola MFYda uchrashuv o‘tkazdi.

Mahalla aholisini qiynayotgan muammolar muhokama qilindi. 

 Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yil 27 dekabrdan buyon mahallaga suyiltirilgan gaz olib kelinmagan. Gaz tashish xizmati mahallaning chekka ko‘chalariga bormasdan, ta’minotni to‘liq amalga oshirmasdan ketib qolmoqda. Bu esa ayniqsa qish mavsumida aholiga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

 Beshbola fuqarosi M.Shonazarovaning turmush o‘rtog‘i 2-guruh nogironi,oila yashash sharoiti og‘ir ekani bildirildi. O‘g‘li Ergashev Gʻanisher oliy ta’lim muassasasi1-bosqich talabasi kontrakt to‘lovini amalga oshirishda qiyinchilikka duch kelayotgani aytildi. 

Deputat tomonidan murojaat tinglanib, ular bo‘yicha chora-tadbir belgilandi.

Bunday uchrashuv muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2