Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hunarmandchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

             Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining mart oyi uchun tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, Kengashning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda doimiy komissiya a’zolari qatnashdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Jalaquduq tuman bo‘limining 2025 yildagi faoliyati yuzasidan bo‘lim rahbari N.Uroqovaning hisoboti eshitildi. Hisobotda tumanda hunarmandchilikni rivojlantirish, aholini hunarmandchilikka jalb etish,
hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning mahsulotlarini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
  

Slide 1 of 5