Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhalle mashqalaların úyrenbekte.
янв.21
Deputat máhalle shańaraqların úyrenbekte.
янв.21
Hayal-qızlar bántligi - áhmiyetli másele.
янв.21
“Máhálle hayal-qızlar belsendisi tárepinen ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń nátiyjeliligin úyrenildi.
янв.21
Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesi tárepinen 2026-jıl 4-8-may kúnleri aralıǵında aymaqlarda tómendegi is-ilájlar rejelestirilgen:
янв.21
#DAYJEST Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keӊesi háptelik DAYJEST
янв.21
Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń 20-sessiyasınıń keyingi másele boyınsha
янв.21
alıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń 20-sessiyasınıń keyingi máseleleri boyınsha
янв.21
Xalıq deputatları Shomanay rayonlıq Keńesiniń
янв.21
Xalıqqa mádeniy xızmet kórsetiw máseleleri úyrenildi.
“AYOL BAXTLI BO‘LSA — JAMIYAT BAXTLI BO‘LADI!” SHIORI OSTIDA BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILIB, IJTIMOIY KO'MAKKA MUXTOJ BOLAJONLAR XOLIDAN XABAR OLINDI

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi 14-paxtazor okrugi deputati E.Ergashev va 13-Guliston okrugi deputati S.O‘sarova, tumani hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Mavlonova, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Ergashev va S.O‘usarova, mahalla xotin-qizlar faoli N.Quttiyeva, maktab psixologi X.Mavlonova hamda maktab xotin-qizlar kengashi raisi M.Xolmurodovalar ishtirok etib barchani bayram bilan tabrikladi.

Tadbir davomida ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning fidokorona mehnati va oiladagi beqiyos xizmatlari alohida e’tirof etildi. Bayram dasturi ko‘tarinki kayfiyatda, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar bilan boy tarzda o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbirdan so‘ng mahallada yashovchi ijtimoiy ko‘makka muhtoj onaxonlardan Anorboyeva O., Xajmanova O., Abdurahimova Sh., Sattorova B. hamda uy ta’limi o‘quvchisi Djurayeva Sh. va inklyuziv ta’lim o‘quvchisi Mazbutova Yu.larning xonadonlariga borilib, ularning holidan xabar olindi. Ularga iftorlik uchun oziq-ovqat mahsulotlari topshirilib, bayram bilan tabriklandi.

Mazkur tadbir ayollarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 5