Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ЕСАБАТЫ.
янв.21
ДЕПУТАТ ЕСАБАТЫ.
янв.21
deputatlar menen ushırasıw
янв.21
“Ózbekstan - 2030” strategiyasınıń mazmun-mánisin dodalandı
янв.21
Shomanay rayonın 2026-jılda kompleksli sociallıq-ekonomikalıq rawajlandırıw máseleleri dodalandı
янв.21
Кәмбағаллықты қысқартыў ҳәм халықтың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша тийкарғы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
Өзбекстан Республикасы Президенти Ш.М.Мирзиёев С5+1 форматындағы саммит
янв.21
Президентимиз Ш.М.Мирзиёев рәсмий сапар менен екинши жаҳан саммитине қатнасыў ушын Қатар мәмлекетиниң Доха қаласына келди.
янв.21
Самарқандта ЮНЕСКО шөлкеминиң мәжилиси өткерилмекте.
янв.21
Сербия Республикасының Президенти Александр Вучичтин 28-октябрь күни Өзбекстан Республикасына келиўи.
PQ-35 sonli qaror ijrosi doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

PQ-35 sonli qaror ijrosi doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

026–2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-35 sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosini ta’minlash hamda uning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida Gʻallaorol tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur qaror doirasidagi targ‘ibot tadbirlari davomida Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Olimlar mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda PQ-35 sonli qarorda belgilangan vazifalar, shuningdek, tuman aholisi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Xususan, mazkur qaror ijrosi natijasida Gʻallaorol tumanida sanoat ishlab chiqarishini 109,5 foizga, xizmat ko‘rsatish sohasini 113,5 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini esa 104,5 foizga oshirish rejalashtirilgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, tumanni kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish, 4 289 nafar aholini doimiy ish bilan ta’minlash, 21 801 nafar aholining daromadini oshirish hamda 5 556 ta ish o‘rnini “soya iqtisodiyoti”dan chiqarish kabi muhim vazifalar belgilab olingani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida mahalla faollari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, qaror ijrosini samarali ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Slide 1 of 2