Xalq deputatlar tuman Kengashi deputati N.Nazarov Changak mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar, aholini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy xizmatlarni samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlari tinglandi.
Uchrashuv davomida mahalla yettiligi a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar alohida e’tiborga olindi. Deputat ularning fikr va tashabbuslari asosida joylarda ijtimoiy masalalarni hal qilish, mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish va aholi bilan munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilashni ham ta’kidladi.