Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Shomanay rayonın 2026-jılda kompleksli sociallıq-ekonomikalıq rawajlandırıw máseleleri dodalandı
янв.21
Кәмбағаллықты қысқартыў ҳәм халықтың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша тийкарғы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
Өзбекстан Республикасы Президенти Ш.М.Мирзиёев С5+1 форматындағы саммит
янв.21
Президентимиз Ш.М.Мирзиёев рәсмий сапар менен екинши жаҳан саммитине қатнасыў ушын Қатар мәмлекетиниң Доха қаласына келди.
янв.21
Самарқандта ЮНЕСКО шөлкеминиң мәжилиси өткерилмекте.
янв.21
Сербия Республикасының Президенти Александр Вучичтин 28-октябрь күни Өзбекстан Республикасына келиўи.
янв.21
Мәҳалле бул- кәмбағаллықты қысқартыў, халықтың социаллық жағдайын жақсылаў ҳам раўажландырыў орайы.
янв.21
Президентимиз Ш.М.Мирзиеевтың Бельгия мәмлекетиниң пайтахты Брюссель қаласына ислеген рәсмий сапары.
янв.21
Депутатлық қадағалаў
янв.21
JAŃA BASQÍSHTA - ASHÍQ, NÁTIYJELI HÁM XALÍQSHÍL JERGILIKLI HÁKIMIYATQA QARAY!
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida

▶️“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: milliy taraqqiyotning yangi bosqichi jamoatchilik muhokamasida

Konimex tumani hokimligi majlislar zalida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

✔️Mazkur tadbir mamlakatimiz taraqqiyotining kelgusi besh yillik istiqbollarini belgilab beruvchi muhim strategik hujjat yuzasidan jamoatchilik fikrini shakllantirishga qaratildi.

➡️Seminar davomida ma’ruzachilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida erishilgan yutuqlarni atroflicha tahlil qildilar. Barqaror iqtisodiy o‘sish, aholi turmush darajasining izchil oshib borayotgani, ijtimoiy sohada qo‘lga kiritilgan muhim natijalar olib borilayotgan islohotlarning amaliy samarasi ekani ta’kidlandi.

✔️Shuningdek, zamon talablari, global jarayonlar va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish zarurati alohida e’tirof etildi. Prezident Murojaatnomasida ushbu strategiya mamlakatning kelgusi taraqqiyot yo‘lini belgilovchi muhim hujjat ekani, uni ishlab chiqish va takomillashtirish jarayoni esa keng jamoatchilik muhokamasi asosida, aholi fikr-mulohazalari va tashabbuslarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozimligi qayd etilgani ta’kidlandi.

Seminar doirasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish jarayonining ahamiyati ham atroflicha yoritildi. Ushbu jarayon fuqarolar, mahalla yettiligi vakillari, nodavlat notijorat tashkilotlari, soha mutaxassislari hamda ekspertlarning faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgani qayd etildi.

📢 Ma’ruzachilar tomonidan Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar asosida ishlab chiqilgan strategiyaning asosiy maqsad va vazifalari muhokama qilindi. Jumladan, aholi farovonligini oshirish, iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, ijtimoiy soha, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda hududlarni kompleks rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasini yanada mukammallashtirish, uni aholi manfaatlariga yanada yaqinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Bunday ochiq muloqotlar milliy taraqqiyot g‘oyasining amaliy ifodasi bo‘lgan mazkur strategiyani hayotga tatbiq etishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 3