Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ЕСАБАТЫ.
янв.21
ДЕПУТАТ ЕСАБАТЫ.
янв.21
deputatlar menen ushırasıw
янв.21
“Ózbekstan - 2030” strategiyasınıń mazmun-mánisin dodalandı
янв.21
Shomanay rayonın 2026-jılda kompleksli sociallıq-ekonomikalıq rawajlandırıw máseleleri dodalandı
янв.21
Кәмбағаллықты қысқартыў ҳәм халықтың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша тийкарғы ўазыйпалар белгилеп алынды
янв.21
Өзбекстан Республикасы Президенти Ш.М.Мирзиёев С5+1 форматындағы саммит
янв.21
Президентимиз Ш.М.Мирзиёев рәсмий сапар менен екинши жаҳан саммитине қатнасыў ушын Қатар мәмлекетиниң Доха қаласына келди.
янв.21
Самарқандта ЮНЕСКО шөлкеминиң мәжилиси өткерилмекте.
янв.21
Сербия Республикасының Президенти Александр Вучичтин 28-октябрь күни Өзбекстан Республикасына келиўи.
Deputat okrugdagi Davolanish Markazida sog‘liqni saqlash sohasidagi masalalar yuzasidan kengaytirilgan davra suhbati o‘tkazdi

Bugun xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Feruza Salomova ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan Ftiziatriya va pulmanologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnomasi mazmun-mohiyatini oʻrganish va murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga bagʻishlangan davra suhbati o‘tkazdi. Tadbirda, sog‘liqni saqlash sohasidagi yangi tashabbuslar, tibbiyot xizmatlarini yaxshilash va aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar muhokama qilindi.

Yig'ilishda hududdagi sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari, tibbiyot xodimlari, va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, Prezidentning murojaatnomasi doirasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan islohotlar haqida fikr almashishdi. Deputat, o‘z chiqishida, Prezidentning sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zgarishlar va aholi farovonligini oshirish borasidagi tashabbuslarining ahamiyatini ta’kidlab, ularning amalga oshirilishini ta’minlash uchun birgalikda faoliyat olib borishga chaqirdi.

Majlisda, shuningdek, hududdagi sog‘liqni saqlash infratuzilmasining mustahkamlanishi, yangi tibbiyot texnologiyalarining joriy etilishi va xodimlar malakasini oshirish masalalari ham ko‘tarildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar, Prezident murojaatnomasidagi g‘oyalarni amalga oshirishda birlashib ishlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Slide 1 of 5