Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARONING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 🇺🇿
янв.21
🏛 MFY XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🤝 IJTIMOIY REYESTRDAGI FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🚧 KUZ-QISH MAVSUMI OLDIDAN YO‘L HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
💡 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
SHOVOT TUMANI XALQ DEPUTATLARI KENGASHI SESIYASIDA HUQUQ-TARTIBOT ORGANI HISOBOTINI ESHITISH JARAYONI QANDAY KECHADI?
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: MFY XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MAXsus kunduzgi parvarish va qatnov markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🤝 “AYOLLAR DAFTARI” ORQALI UY-JOY TA’MIRI UCHUN AJRATILGAN MABLAG‘LAR HOLATI O‘RGANILDI
#haftalik_ish_reja #deputat_faoliyati #murojaat_daftari #24_ta_tavsiyalar_ijrosi “Bo‘ston” mahallasida sanitariya holati o‘rganildi: Qirqiz ko‘chasidagi chiqindixona deputatlik nazoratiga olindi

Aholi salomatligini muhofaza qilish, mahallalarda sanitariya-ekologik barqarorlikni ta’minlash va hududlar tozaligini saqlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengashning 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova tomonidan “Bo‘ston” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahallaning Qirqiz ko‘chasida joylashgan maishiy chiqindilarni to‘plash nuqtasi va uning atrofidagi hudud ko‘zdan kechirildi. Natijada chiqindixona atrofi yetarlicha obodonlashtirilmagani, hududni tozalash va tartibga keltirish zarurligi aniqlandi.
Mazkur holat nafaqat ko‘cha ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki sanitariya talablariga rioya etish va aholi uchun sog‘lom yashash muhitini yaratish masalasini ham dolzarb qiladi.

Aniqlangan kamchilik deputatning “Murojaat daftari”ga kiritildi. Muammoni bartaraf etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish, chiqindixona atrofini tozalash, hududni obodonlashtirish va sanitariya talablariga muvofiq tartibga keltirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida amalga oshirildi.