Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
Yangi avlod mahallasida ishchi guruh tashkil etildi

🏛 Yangi avlod mahallasida ishchi guruh tashkil etildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Jumonova Saodat Isoqovna tomonidan Yangi avlod mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yo‘nalishida ishchi guruh tashkil etildi.
👥 Ishchi guruh tarkibi:
🔹 Xujakulov Orif Murodqobilovich — MFY raisi;
🔹 Shodmonov Suxrob Otamurod o‘g‘li — hokim yordamchisi;
🔹 Hasanova Zarifa Absattarovna — xotin-qizlar faoli;
🔹 Mamadaliyev Temur Norxo‘ja o‘g‘li — ijtimoiy xodim;
🔹 Tursunov Iskandar Juraqulovich — nuroniy.
📌 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini manzilli o‘rganish, ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish, aholi uchun barqaror daromad manbalarini yaratish, ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.
🤝 Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari va loyihalarining holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
📍 Mazkur jarayonlar deputatlik nazorati asosida muntazam monitoring qilib boriladi.

Slide 1 of 1