Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

🚉 Temir yo‘l vokzalida yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati A.Abdumurodov hududdagi temir yo‘l vokzalida bo‘lib, yo‘lovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida vokzalning yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish holati, kutish joylari, sanitariya-gigiyena sharoitlari, hududning obodonlashtirilishi hamda yo‘lovchilar uchun zarur qulayliklarning mavjudligi ko‘zdan kechirildi.
📋 Shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli masalalar muhokama qilindi.
🤝 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholiga, xususan, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan.

Slide 1 of 6