Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 🤝 DEPUTATLAR VA IJRO ORGANINING HAMKORLIGI
“BOYQO‘RG‘ON” MAHALLASIDA TEMIR YO‘L BO‘YICHA MUHOFAZA TO‘SIQLARINI O‘RNATISH VA PIYODALAR YO‘LAKCHASINI TA’MIRLASH BELGILANDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “BOYQO‘RG‘ON” MAHALLASIDA TEMIR YO‘L BO‘YICHA MUHOFAZA TO‘SIQLARINI O‘RNATISH VA PIYODALAR YO‘LAKCHASINI TA’MIRLASH BELGILANDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sadriddin Turabjanovning Yashnobod tumani “Boyqo‘rg‘on” mahallasida temir yo‘lga tutash hududda aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputat Sadriddin Turabjanov tomonidan “Boyqo‘rg‘on” mahallasi aholisining murojaatlari asosida Temiryo‘l ko‘chasining temir yo‘lga tutash qismida muhofaza to‘siqlarini o‘rnatish, xususan, “Salor” stansiyasining 3365-kilometr 2–10-piketlari oralig‘ini himoya to‘siqlari bilan ta’minlash hamda 3365-kilometr 6-piketdagi piyodalar yo‘lakchasini ta’mirlash masalalari ko‘tarilgan edi.

🔎 Rasmiy javobga ko‘ra, deputatning so‘rovi mazmunini o‘rganish va unda ko‘tarilgan masalalarga yechim topish maqsadida “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali tasarrufidagi korxona xodimlari tomonidan holat atroflicha ko‘rib chiqilgan.

🔺 O‘rganish natijasida Yashnobod tumani “Boyqo‘rg‘on” mahallasi Temiryo‘l ko‘chasining temir yo‘lga tutash qismida, “Salor” stansiyasining 3365-kilometr 2–10-piketlari oralig‘iga muhofaza to‘siqlarini o‘rnatish belgilandi. Mazkur ishlar uzelning “Salor temir yo‘l masofasi” filiali tomonidan amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

📁 Shuningdek, fuqarolar, jumladan, bolalar va piyodalarning temir yo‘l hududidan xavfsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida 3365-kilometr 6-piketda joylashgan piyodalar yo‘lakchasini ta’mirlash ishlari ham rejalashtirilgan.

📋 Rasmiy javobga “Salor temir yo‘l masofasi” filiali tomonidan tuzilgan dalolatnoma ham ilova qilingan. Unda deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan hududdagi holat o‘rganilgani qayd etilgan.

✍️ Mazkur rasmiy javob “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali uzel boshlig‘ining moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sh.Sh. Nurmatov tomonidan imzolangan.

🤝 Shu tariqa, deputat Sadriddin Turabjanov tomonidan aholi murojaatlari asosida ko‘tarilgan masala mutasaddi temir yo‘l tashkiloti tomonidan o‘rganilib, muhofaza to‘siqlarini o‘rnatish va piyodalar yo‘lakchasini ta’mirlash bo‘yicha aniq vazifalar hamda ijro muddati belgilandi. Belgilangan ishlarning amalda bajarilishi va “Boyqo‘rg‘on” mahallasida temir yo‘l bo‘yicha fuqarolar xavfsizligini ta’minlash masalasi deputat Sadriddin Turabjanov tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1