Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚶‍♀️ PIYODALAR UCHUN QULAY VA XAVFSIZ YO‘LAK
янв.21
🏘️ KO'CHABOSHILAR BILAN AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🌸 REPRODUKTIV SALOMATLIK — AYOLLAR FAROVONLIGINING MUHIM ASOSI
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KO'CHA AHOLI MUAMMOLARI — JOYIDA O‘RGANILMOQDA
янв.21
🏫 MAKTABGACHA TA’LIM SIFATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🛒 OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI — SIFAT VA XAVFSIZLIK NAZORATDA
янв.21
🏠 OILAVIY TADBIRKORLIK — BARQAROR DAROMAD MANBAI
янв.21
🏘️ IJTIMOIY REYESTRDAGI XONADONLAR — XONADONBAY O‘RGANILDI
янв.21
🟢 IJTIMOIY REYESRDAGI FUQAROLARGA KO'RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMAT SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
🟣 XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #Kengash_raisi #deputat_faoliyati Deputatlar faoliyati tahlil qilindi
Deputatlarning saylovchilar bilan samarali muloqotini yo‘lga qo‘yish, hududdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlash — shahar Kengashi faoliyatining bosh mezonidir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova
12-“Saxovat” saylov okrugiga qarashli "Tinchlik" mahallasida bo‘lib, ushbu okrug deputati X.Jurayevning bugungi kundagi deputatlik faoliyatini ko‘rib chiqdi.

Muloqot va tahlil davomida deputatning o‘z saylov okruglarida amalga oshirgan amaliy ishlari hamda mas’uliyati atroflicha baholandi:

Saylovchilar bilan muloqot: Okruglarda fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va sayyor qabullarning tizimliligi hamda natijadorligi;

Murojaatlar bilan ishlash: Aholi tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-maishiy va kommunal muammolarning o‘rganilish holati;

Deputatlik so‘rovlari va nazorat: Hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi idoralarga yuborilgan so‘rovlar va ularga olingan javoblar;

"Mahalla yettiligi" hamkorligi: Okruglardagi mahallalar faoliyati va "yettilik" bilan birgalikda olib borilgan nazorat-tahlil tadbirlari.

Tahlil yakunida Kengash raisi D.Normuradova deputatlarga saylovchilar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, okruglarda "xonadonbay" o‘rganishlarni ko‘paytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni tezkor va sifatli bartaraf etish yuzasidan qat’iy ko‘rsatmalarni berdi.

Deputatlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligi doimiy tahlil hamda nazoratda bo‘ladi!