Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar Ekspert guruhi:
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar 📍 MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATINI YANADA SAMARALI TASHKIL ETISH
янв.21
# YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI 🏛 PQ–387-son qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI 👥 SHTAB FAOLIYATI BILAN TANISHUV
янв.21
# DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI 🏛 MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH YO‘LIDA
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
# Kengash faoliyatiga oid xujjatlar ✨ SHOVOT TUMANI HUDUD RIVOJINING MUHIM MANBAI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati X.Abdurahmonov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan 13-Yoyilma saylov okrugi hududidagi “Yoyilma” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada 6033 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 1009 ta xonadon va 1534 ta oila mavjud. O‘rganish davomida ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, ularga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda mavjud muammolarni aniqlashga e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida deputatga biriktirilgan qonun ijrosi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 11-maydagi 211-II-son “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunida mamlakat mudofaasini ta’minlashda davlat organlari bilan bir qatorda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolarning ishtiroki bilan bog‘liq huquqiy asoslar belgilangan. Qonunda aholini mudofaaga tayyorlash, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda mudofaa vazifalarini bajarishda tegishli tuzilmalar hamkorligini ta’minlash kabi yo‘nalishlar nazarda tutilgan.

Shu jihatdan, Yoyilma mahallasida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar ham o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tegishli qaror va buyruqlariga asosan 48982-sonli harbiy qism harbiy xizmatchisi, Marg‘ilon yoshlar shtabi rahbari Jamshid Hakimov mazkur mahallaga biriktirilgan.

U tomonidan mahalla yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlarni tashkil etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni turli foydali mashg‘ulotlarga jalb etish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xizmatlarning amaldagi holati, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash samaradorligi hamda yoshlar bilan hamkorlikdagi ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning ijrosini ta’minlash deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4