📍 Beshmargan mahallasi
👥 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O. Xolboyev hamda mahalla yettiligi vakillari hamkorligida ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aholi muammolari va murojaatlari o‘rganilmoqda.
🔎 O‘rganish davomida xonadonma-xonadon muloqotlar tashkil etilib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar, mavjud muammolar va takliflar aniqlanmoqda.
📌 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholiga ko‘mak ko‘rsatish va murojaatlarning ijrosini nazoratga olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🎯 Maqsad — aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash.